Taniqli yapon aktrisasi Maeda Asuko (前田敦子) O`zbekistonning Yaponiyadagi faxriy turizm elchisi etib tayinlandi. Bu haqda Turizm qo`mitasi xabar qildi.
Aktrisaga «O`zbekiston turizm elchisi» sertifikatini topshirish marosimi 23 aprel kuni Tokioda bo`lib o`tdi.
“Yaponiyalik etakchi OAV mazkur voqeani keng yoritishmoqda. Bu esa o`z navbatida yaponiyalik potensial sayyohlar uchun O`zbekiston brendini turistik yo`nalishlardan biri sifatida tanitishga xizmat qiladi”, - deyiladi xabarda.
Maeda Asuko — taniqli yapon aktrisasi va xonandasi. 2005-2012 yillarda «AKB48» guruh tarkibida faoliyat olib borgan, hozirgi vaqtda yakkaxon tarzda ijod qiladi. Maeda ilk bora kinoda 2007 yil rejisyor Ichikavi Junning «O`zlikni topish» filmida suratga tushadi. U 2001 yilda suratga olingan «Mislsiz jannat» serialidagi Asiya Midzuki roli orqali mashhurlikka erishdi.






