1

O`zbekiston-Janubiy Koreya: uchrashuvda o`zaro hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

Jamiyat 23.04.2019, 21:09
O`zbekiston-Janubiy Koreya: uchrashuvda o`zaro hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

Joriy yilning 18 aprel kuni O`zbekiston Respublikasi Energetika vaziri Alisher Sultonov vaKoreya Respublikasining bir qator delegasiyalari o`rtasidauchrashuvlar bo`lib o`tdi.

Unda Koreya Respublikasi eksport-import banki (“Korea Eximbank”)prezidenti In Son Su O`zbekistonda yuz berayotgan o`zgarishlarni yuqori baholar ekan, ayniqsa, bunda energetika sohasidagi islohotlar mamlakatning barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, respublikaning biznes faolligi va investision jozibadorligini, aholining turmush darajasi va farovonliginioshirishning muhim omillaridan biri ekaniga alohida e`tibor qaratdi.

Tomonlar “Korea Eximbank” moliyalashtiradigan loyihalarni, jumladan, sintetik suyuq yonilg`i ishlab chiqaruvchi zavod («Uzbekistan GTL») va Surg`il gaz-kimyo majmuasi («Uz-KorGasChemical») qurilishi bilan bog`liq masalalarni muhokama qildi. Muhokama jarayonida bunday loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish O`zbekiston Respublikasiga investisiya kiritishni rejalashtirayotgan Janubiy koreyalik sarmoyadorlar uchun muhim ko`rsatkich hisoblanishi ham ta`kidlandi.

Uchrashuvda “Korea Eximbanki” tomonidan moliyalashtirilishi ko`zda tutilgan loyihalar ham muhokama qilindi. Buxoro neftni qayta ishlash zavodini modernizasiya qilish, yangi qurilayotgan issiqlik elektr stansiyalarida par-gazli uskunalarning qurilishi, avtomatlashtirilgan boshqaruv va axborot yig`ish (SCADA), shuningdek, avtomatik boshqaruv tizimi va elektr energiyasi iste`molini o`lchash (ASKUE) tizimlarini joriy etish mazkur loyihalar qatoriga kiradi. Shuningdek, O`zbekiston tomoni SCADA loyihalarini amalga oshirishda Koreya Respublikasi Iqtisodiy rivojlanish va hamkorlik jamg`armasi (EDCF) mablag`laridan foydalanish imkoniyatini ko`rib chiqishni taklif etdi.

Muhokamalar chog`ida tomonlar 2019 yilning oxirigacha loyihalarni moliyalashtirish uchun kredit liniyalarini ochish bilan bog`liq jarayonlarni tezlashtirish va mablag`lardan foydalanishda shaffoflik ta`minlanishi uchun birgalikda ishchi guruh tuzish borasida kelishib oldi.

Shuningdek, KoreyaRespublikasi energetika agentligi (KEA) prezidenti Kim Chan-Syob boshchiligidagi delegasiya bilan energetika tizimini modernizasiya qilish va takomillashtirish, issiqlik elektr stansiyalarining samaradorligini oshirish masalalari bo`yicha ham muhokamalar bo`lib o`tdi.

Unda Janubiy Koreya tomoni yangi quvvatlarni barpo etishdan ko`ra, issiqlik elektr stansiyalaridagi eskirgan uskunalarni almashtirish maqsadga muvofiq ekanligini ta`kidladi. Delegasiya O`zbekistondagi mavjud elektr stansiyalar faoliyati bilan tanishishga qiziqish bildirdi.

Vazirlikda “KoreaTelecom” (KT) kompaniyasining bosh ijrochi vise-prezidenti Yun-Yon Pakboshchiligidagi delegasiya bilan bo`lgan uchrashuvda ham o`zaro hamkorlik masalalari muhokamasiga e`tibor qaratildi.

Uchrashuvda Janubiy Koreya tomoni ASKUE tizimini joriy etish muvaffaqiyatli loyiha ekanini ta`kidlab, SCADA loyihalari, shuningdek, energiya boshqaruvitizimi (EMS) loyihalarini amalga oshirishda ishtirok etishga qiziqish bildirdi. Kompaniya zamonaviy energiya tejash texnologiyalarini amaliyotga tatbiq etish, mavjud infratuzilmalarni modernizasiyalash hamda soha uchun kadrlar tayyorlash bilan bog`liqva boshqa loyihalar bo`yicha ham hamkorlik qilishga tayyor ekanini qayd etdi.

O`tkazilgan uchrashuvlarda Janubiy Koreyaning “Posco International”, “Kepco” va “Hyundai” kompaniyalari yirik loyihalarni ishlab chiqishda konsorsium tuzish orqali hamkorlik qilishdan manfaatdor ekanligini ma`lum qildi. Shundan kelib chiqqan holda, 19 aprelkuni bo`lib o`tgan O`zbekiston-Koreya biznes-forumida energetika sohasida hamkorlik bo`yicha konsorsium tuzish to`g`risida memorandum imzolandi.

Tomonlar PGU qo`shma siklini qurish uchun loyihalarni ishlab chiqish, amaldagi avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari va ma`lumotlarni to`plash (SCADA), energiya boshqaruv tizimlari (EMS) va tegishli axborot tizimlarini modernizasiya qilish hamda zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va boshqa sohalarda o`zaro manfaatli hamkorlik qilish bo`yicha kelishuvga erishdi.

“Posco International” kompaniyasi tabiiy gaz konlarida geologiya-qidiruv ishlarini olib borish uchun yangi blok taqdim etishni so`rab qo`shimcha iltimos bilan chiqdi. Janubiy Koreya tomoni O`zbekistonning yoqilg`i-energetika sohasi uchun malakali kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish dasturlarini tashkil etishda yordam berishga tayyorligini ham bildirdi.

O`zbekiston Respublikasi Energetika

vazirligining matbuot xizmati.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1