AsosiyDunyo

Kolumbiyada er ko`chkisi yuz berdi

'Kolumbiyada er ko`chkisi yuz berdi 'ning rasmi

Kolumbiyaning Kauka provinsiyasida er ko`chkisi yuz berdi, deya xabar qilmoqda Vesti nashri.

Hodisaga hududda kuzatilayotgan tinimsiz yog`ingarchilik sabab bo`lgan. Tabiiy ofat 19 kishining o`limiga sabab bo`ldi. Bundan tashqari, yana 5 nafar inson yaralangan. Ko`chki tufayli kamida 8 ta turar joy binosiga vayron bo`lgan.

Hozirda odamlarni qutqarish ishlari davom etmoqda.

Kolumbiyada yog`ingarchilik mavsumida er ko`chkilari tez-tez sodir bo`ladi. Bu holat, ayniqsa, tog`li hududlarda yashovchi aholi uchun xavfli.

    Boshqa yangiliklar