1

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag`batlantirish to`g`risida Prezident farmoni e`lon qilindi

Jamiyat 24.04.2019, 17:43
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag`batlantirish to`g`risida Prezident farmoni e`lon qilindi

Mamlakatimizda 9 may umumxalq bayrami – Xotira va Qadrlash kuni o`tkazilishi, shuningdek, Ikkinchi jahon urushida halok bo`lganlarning xotirasini abadiylashtirish, bugun ham saflarimizda turib Vatan obro`-e`tiborini yuksaltirishga, yoshlarni ma`naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashga hissa qo`shayotgan faxriylarni e`zozlash hamda fashizm ustidan qozonilgan g`alabaning 74 yilligi nishonlanishi munosabati bilan urush qatnashchilari va nogironlarini moddiy rag`batlantirish maqsadida:

1. Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga 7 500 000 (etti million besh yuz ming) so`m miqdorida biryo`la pul mukofoti belgilandi.

2. Mazkur Farmonni bajarish bilan bog`liq sarf-xarajatlar O`zbekiston Respublikasi respublika byudjeti mablag`lari hisobidan amalga oshiriladi.

3. O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati Moliya vazirligi va Markaziy bank bilan birgalikda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga ushbu pul mukofoti tantanali va bayramona vaziyatda topshirilishini ta`minlash vazifasi yuklatildi.

4. Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Xotin-qizlar qo`mitasi, O`zbekiston yoshlar ittifoqi, O`zbekiston Badiiy akademiyasi, Respublika Ma`naviyat va ma`rifat markazi, “Nuroniy” jamg`armasi va “Mahalla” xayriya jamoat fondi, boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari bilan birgalikda Vatanimiz ozodligi va sha`ni-sharafi himoyachilariga bag`ishlangan maxsus uchrashuvlar va ma`rifiy-badiiy kechalar o`tkazish vazifasi topshirildi.


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1