1

ENERGIYa TEJOVChI UYLAR QURIShNING YaNGI USULLARI MUHOKAMA QILINDI

Jamiyat 25.04.2019, 10:55
ENERGIYa TEJOVChI UYLAR QURIShNING YaNGI USULLARI MUHOKAMA QILINDI

Bugun O`zbekistonni ulkan qurilish maydoniga o`xshatish mumkin. Yurtimizning qaysi shahar va qishlog`iga bormang, ulkan o`zgarishlarga, yirik bunyodkorlik guvoh bo`lasiz. Ular orasida xususiy uy-joylar va ob`ektlar ko`pchilikni tashkil etadi. Imorat ko`rkam, chidamli, tejamkor va foydali bo`lishi uchun esa, albatta qurilish materiallari katta o`rin tutadi.

Poytaxtimizda O`zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat ko`rsatish vazirligi, “O`zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi hamda BMT Taraqqiyot dasturining mamlakatimizdagi vakolatxonasi «Ekoklimat» korxonasi bilan hamkorlikda o`tkazgan matbuot anjumanida ham zamonaviy qurilish sohasida arzon uylarni barpo etishda energiya samadorligiga erishish, yangi tejamkor energiya manbasi hisoblangan qurilish mollarini ishlab chiqarish haqida so`z bordi.

Ta`kidlanganidek, bugun qurilish bozorida energiya samaradorligi muhim omilga aylanib ulgurdi. Bugun xususiy va davlat ob`ektlari qurilishida ham bu turdagi materiallardan foydalanishga katta e`tibor qaratilmoqda. Xususan, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 noyabrda qabul qilingan «Qurilish sohasini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish qo`shimcha chora-tadbirlari to`g`risida»gi Farmonida ham 2020 yil 1 yanvardan boshlab uy-joy qurilishi ob`ektlari loyiha-tadqiqot va qurilish-montaj ishlarini bajarish bosqichida energiya-samarador va energiya-tejamkor uskunalar bilan majburiy ravishda jihozlanishi qat`iy belgilab berilgan.

– Butun dunyoda aholi soni ortib, tabiiy resurslar kamayib borayotgan bir paytda, qurilishlarda energiya tejovchi materillardan foydalanish katta ahamiyat kasb etadi, – deydi BMTning O`zbekistondagi Iqlim o`zgarishlari bo`yicha dasturiy mutaxassisi Ra`no Boyxonova. –Sayyoramizda energiya resurslarini haddan ortiq sarflash ekologik muammolarni ham keskinlashtirmoqda. Shu bois bugun insoniyat o`z xatolarini anglab, tabiat va uning boyliklariga ehtiyotkorona munosabatda bo`lishi kerak.

O`zbekistonda bugungacha energiya tejamkor qurilish mollari ishlab chiqarilmagan, bunday mahsulotlar qimmat narxdan xorijdan olib kelinardi. 2016 yilning yilga kelib Jizzax erkin iqtisodiy zonasida tashkil etilgan «Ekoklimat» kompaniyasi qurilish bozori uchun tejamkor, energiya samarador «mineral paxta» mahsulotlarini ishlab chiqarishni boshladi. Endilikda ushbu korxona mahsulotlari ichki bozor talablarini qondirish barobarida, Ozarbayjon, Qozog`iston, Qirg`iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Ukraina kabi mamlakatlarga ham eksport qilinmoqda.

O`zbekistonda ishlab chiqarilayotgan Ecover qurilish qoplamalari o`zidan issiqlikni kam miqdorda o`tkazishi sabab, binolarni qishda issiq, yozda salqin ushlab turadi.

Taqdimot marosimida mamlakatimizda qurilish hamda kommunal sohada faoliyat ko`rsatuvchi tashkilotlar, loyihalashtirish institutlari mutaxassislari ham o`zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1