1

Facebookdagi fitnachilarga O`zbekiston musulmonlari idorasi xodimi munosabat bildirdi

Jamiyat 25.04.2019, 11:55
Facebookdagi fitnachilarga O`zbekiston musulmonlari idorasi xodimi munosabat bildirdi

So`nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda xususan, facebookda turli mavzular bo`yicha bahs-munozaralar qizg`in bormoqda. Ba`zi davlatlar tomonidan “Media kontent” darajasiga ko`tarilgan facebook ijtimoiy tarmog`ida olib chiqilgan ba`zi mavzu va muammolar bugun hukumat darajasida hal etilayotir. Biroq, afsuski, ular orasida birovni yomonotliq qilish, atay qaysidir mavzuda fitna qo`zg`ovchi jamoa yoki yakka shaxslar ham bor. Ular xususida, O`zbekiston musulmonlari idorasi fatvo bo`limi mudiri Homidjon Ishmatbekov munosabat bildirdi.

– Diniy bag`rikenglik, millatlararo totuvlik bu islom dinining shiori hisoblanadi. Muqaddas kitobimizda insonlar birgina ota-onadan paydo bo`lgani ko`p bora eslatiladi. Islom dini turli urug`-aymoq, millat va elatlar bo`lishiga qaramasdan insonlar bir-birlari bilan ahil-inoqlikda yashashni targ`ib qiladi. Mana shuning o`zi, dinimiz odamlarni bir ota farzandidek ahil-inoq bo`lib yashashga chaqiradi. Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlar orqali odamlar orasida turli fitna fasodlar tarqatish, ig`vo qo`zg`ash dinimiz qoralagan ishlardandir. Inson qisqa umri davomida yaxshilik qilib qolishga harakat qilishi kerak. Lekin, shu hayotini odamlarni o`rtasida ig`vo chiqarishga, kimlarnidir yomonotliq qilishga urinishini dinimizda og`ir bir fitna deyiladi. Fitna-fasod qilish odam o`ldirishdan ham og`irroq gunohdir. Kishi odam o`ldirsa ham bunchalik og`ir gunoh qilmagan bo`ladi. Fitna bilan u insonni jonini emas, ongini olyapti, zaharlayapti. Buni ketidan yana ham ko`proq fitna-fasodlar kelib chiqishi tayin. Shunday ekan, fitna qilishdan tiyilish kerak, – deydi Homidjon Ishmatbekov.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1