AsosiyDunyo

Daniya kiberhujumlarga qarshi kurashga tayyorgarlik ko`rmoqda

'Daniya kiberhujumlarga qarshi kurashga tayyorgarlik ko`rmoqda 'ning rasmi

Daniya Mudofaa vazirligi kiberhujumlarga qarshi kurashga tayyorgarlik ko`rmoqda, deb xabar berdi Vesti nashri.

Buning uchun yiliga 30 nafar kiber-askarni ishga olish rejalashtirilgan. Vazirlik bergan ma`lumotlarga ko`ra, nomzodlarni topish uchun eng yaxshi joy bu - Kopengagendagi o`yin maydonlaridir. Kompyuter o`yinchilarining mahoratini harbiy sohaga yo`naltirish lozim. Tanlab olingan nomzodlar dastlab 4 oy mobaynida harbiy mashg`ulotlarda ishtirok etishadi. Keyin esa kiberhujumchilar sifatida vazirlik tarmog`ini xakerlar hujumidan himoya qilishadi.

    Boshqa yangiliklar