«Suvsoz» korxonasining xabar berishicha, Toshkentda 24 apreldan sovuq suv tariflari oshdi. Yangi narxlar poytaxt hokimiyati tomonidan 2 aprel kuni tasdiqlandi.
Toshkent shahar hokimining 2018 yil yanvardagi qaroriga binoan, ichimlik suv ta`minoti xizmatlari tariflariga maxsus ustama haq miqdori iste`molchilar uchun - 100 so`m 1 m.kub.dan olinadi.
Markazlashgan issiq suv ta`minotiga ega ko`p qavatli uylarda 1 metr kub narxi endi 1050 so`mni (hozirda — 850 so`m), markazlashgan issiq suv ta`minotisiz — 715 so`mni (hozirda — 615 so`m) tashkil etadi.
Xususiy sektor uylarida kanalizasiya mavjud bo`lganda bir kub metr suv narxi 615 so`mdan 715 so`mga oshirildi, kanalizasiyasiz - 380 so`m.
Ichki vodoprovod, rakovina, unitaz, vanna yoki mahalliy suv isitish uskunalariga ega dush bo`lgan kanalizasiyalangan uylarda bir kishiga hisoblagichsiz to`laganda tarif aprel oyida 8933,22 so`mdan 9083,15 so`mga oshirildi, maydan esa 10116,43 so`mni tashkil etadi.
26.04.2019 05:11
Sovuq suvning narxi oshdi






