AsosiyJamiyat

“Vatanparvarlar” bog`ida Ikkinchi jahon urushi davri sahnalashtirildi

'“Vatanparvarlar” bog`ida Ikkinchi jahon urushi davri sahnalashtirildi'ning rasmi

“Sevimli” telekanali orqali efirga uzatiladigan Farhod Abdullaev bilan “Eslab” ko`rsatuvining ijodkorlari Qarshi shahridagi “Vatanparvarlar” bog`iga tashrif buyurdi.

Bog` hududida 9 may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan telekshrsatuvning bayram sonini suratga olish ishlari amalga oshirildi.Janubi-g`arbiy maxsus harbiy okrugining 150 nafarga yaqin harbiy xizmatchilari Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari obrazini gavdalantirdi.

Ushbu sahna ko`rinishi bayram arafasi telekanal orqali efirga ketadigan ko`rsatuvning asosiy qismi bo`lishi kutilmoqda.

Bundan tashqari tasvirga olish jarayonlarida Madaniyat vazirligining hududiy bo`linmalari, Qashqadaryo viloyati hokimligi hamda okrug qo`mondonligi vakillari ishtirok etdi.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

    Boshqa yangiliklar