AsosiyJamiyat

Energetika taraqqiyotining istiqbolli yo`nalishlari xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda muhokama qilindi

'Energetika taraqqiyotining istiqbolli yo`nalishlari xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda muhokama qilindi    'ning rasmi

Kecha, 26 aprel kuni Toshkent shahridagi Yodju texnika institutida “Muqobil energiya – O`zbekiston energetika tizimi taraqqiyotining istiqbolli yo`nalishlaridan biri” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjumani bo`lib o`tdi. Mazkur anjuman 20172021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalar doirasidagi qayta tiklanuvchi energiya manbalarini yanada rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlari davlat Dasturini amalga oshirish, shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 1 fevraldagi “O`zbekiston Respublikasi yoqilg`i-energetika tarmog`ini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PF-5646-son Farmoni hamda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 25 fevraldagi 133-F-sonli “2019 yilda o`tkaziladigan xalqaro ilmiy va ilmiy-texnik anjumanlarni o`tkazish rejasi to`g`risida”gi Farmoyishi ijrosi doirasida bo`lib o`tdi.

Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman quyidagi sho``balar bo`yicha o`z ishini olib bordi:

  • Milliy iqtisodiy taraqqiyotning hozirgi bosqichida energiya manbalaridan foydalanishning joriy holati hamda mavjud muammolarning ilmiy-amaliy echimlari;
  • Muqobil energiya manbalaridan foydalanishda fan-ta`lim-ishlab chiqarish integrasiyasini ta`minlash masalalari;
  • Muqobil energiya manbalaridan foydalanishda ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish va yuqori malakali kadrlarni tayyorlash.

Tadbirda O`zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, O`zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi “Fizika–Kuyosh” IIChB Fizika-texnika instituti, “O`zbekenergo” AJ, Quyosh energiyasi xalqaro instituti va boshqa bir qator sohaga tegishli bo`lgan 150 dan ortiq idora-tashkilot vakillari hamda institutning talabalari ishtirok etdi.

Shuningdek, anjumanda Yodju texnika instituti bir qator tashkilotlar, jumladan, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O`zInjiniring” Respublika loyiha instituti, O`zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi “Fizika – Kuyosh” IIChB Fizika-texnika instituti bilan o`zaro hamkorlik Memorandumi imzolash marosi ham bo`lib o`tdi.

Xabaringiz bor, shu yilning 18-21 aprel kunlari O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning taklifiga binoan Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje In mamlakatimizga tashrif buyurgan chog`da, ikki davlat o`rtasida ijtimoiy-iqtisodiy va ma`daniy-ma`rifiy sohalarda o`rtasida hamkorlik bo`yicha qo`shma kelishuvlar imzolangan edi. Mazkur davlat tashrifi doirasida Toshkent shahridagi Yodju texnika instituti ham Koreya Respublikasi Milliy Kutubxona Assambleyasi (The National Assembly Library, Republic of Korea) bilan o`zaro anglashuv va hamkorlik Memorandumi imzolandi. Mazkur Memorandum asosida endilikda Institut talabalari O`zbekistonda ta`lim olish bilan bir vaqtda, Koreya Respublikasi Milliy Kutubxona Assambileyasida mavjud bo`lgan 650 ming ingliz tilidagi, 300 ming yapon tilidagi va 200 mingdan ortiq boshqa chet tillardagi hamda 3 milliondan ortiq koreys tilidagi kutubxona fondidan foydalanish imkoniyatiga ega bo`ldilar.

Anjuman yakunlari bo`yicha ilmiy-amaliy xulosalar hamda uslubiy tavsiyalar ishlab chiqildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar