26 aprel kuni O`zbekiston Qurolli Kuchlari davlat muzeyida Tojikiston Respublikasi qurolli kuchlari Birlashgan shtabi harbiy harakatlar xizmati boshlig`i polkovnik Nazaraxmad Qurbon Kosimzoda boshchiligidagi harbiy degelasiya ikki mamlakat xalqaro hamkorlik masalalarini mustahkamlash maqsadida O`zbekistonning bir qator vazirlik va idoralari vakillari bilan uchrashdi.
Mazkur uchrashuv davomida harbiy yuklar va harbiy tarkiblarning O`zbekiston Respublikasi hududi orqali tranziti to`g`risidagi har ikki davlat hukumatlari o`rtasida tuzilgan Kelishuv muhokama etildi.
O`zbekiston Mudofaa vazirligi Harbiy harakatlar boshqarmasi boshlig`i podpolkovnik A. Sabirov ushbu Kelishuvning ahamiyati, har ikki davlat uchun teng manfaatli hamkorlikning kelgusi rivoji haqida to`xtalib o`tdi.
Uchrashuv natijasiga ko`ra, yuqorida qayd etilgan Kelishuv talablarini bajarishga hamda uni amalda qo`llashda O`zbekiston Respublikasi qonunchiligiga rioya qilinishiga kelishildi.
Mudofaa vazirligi matbuot xizmati






