AsosiyDunyo

Ichishni tashlagan ayol deyarli 90 kilogrammga ozdi

'Ichishni tashlagan ayol deyarli 90 kilogrammga ozdi 'ning rasmi

Angliyaning Sautport shahrida istiqomat qiluvchi 160 kilogrammli ayol alkogol ichimliklaridan voz kechib, ikki barobarga ozdi, deya xabar bermoqda The Liverpool Echo nashri.

Viki Xarrison (Vicky Harrison) bolaligidagi og`ir xotiralardan qutulish uchun juda katta miqdorda pivo va jin iste`mol qilar edi.

Barchasi 44 yoshli ayol “Gudison park” stadionidagi matchni tomosha qilgani borganida o`zgaradi.

Angliyaning “Everton” klubi volontyorlaridan biri Vikining qo`lida shubhali chandiqlarni ko`rib qoladi. U ayolga psixologik jarohatlari bo`lgan odamlarga ko`mak beradigan Girls On Side klubiga borishni maslahat beradi.

Shundan so`ng madad klubi Vikining hayotini tubdan o`zgartiradi. Xarrison sport bilan shug`ullanib, ichishni tashlaydi va natijada 89 kilogrammga ozadi.

    Boshqa yangiliklar