AsosiyDunyo

Yarim himoyachi penaltida darvozabonni kuchsiz zarb bilan aldadi (Video)

'Yarim himoyachi penaltida darvozabonni kuchsiz zarb bilan aldadi (Video) 'ning rasmi

Avstraliyaning “Brisben Roar” futbol klubi yarim himoyachisi “Adelaida Yunayted”ga qarshi kechgan matchda alohida uslubi bilan ajralib turdi, deya xabar qilmoqda Lenta.ru nashri.

“Brisben” futbolchilari matchning 59-daqiqasida o`zlariga penalti ishlab olishdi. To`pning yoniga Boteak keldi. O`yinchi uzoqdan yugurib keladi, darvozabon esa Boteak to`pni zarb bilan burchakka tepadi, deb o`ylaydi. Buning o`rniga yarim himoyachi to`pni astagina darvozaning markaziga yo`llaydi va gol uradi.

Shunga qaramay, “Brisben” jamoasi 3:5 hisobida matchni boy berishdi.


Boshqa yangiliklar