AsosiyJamiyat

Olimpiada chempioni to`g`ridan-to`g`ri efirda hushidan ketdi (Video)

Voleybolchi Jaklin Karvalyu Braziliya superligasi matchi pay...

Voleybolchi Jaklin Karvalyu Braziliya superligasi matchi paytida intervyu berayotib hushdan ketdi, deb xabar qildi Day.Az nashri.

Sportchi qiz “SESI San-Paolo” va “EMS Taubate” jamoalari o`rtasida kechayotgan match payti jurnalistlarga intervyu berayotgan edi. Kutilmaganda Jaklinning ko`zlari yumilib, yonboshga yiqiladi. Uni operator va muxbir ushlab qoladi. O`sha zahotiyoq Jaklinga tibbiy yordam ko`rsatildi. Ma`lum bo`lishicha, uning qon bosimi keskin tushib ketgan ekan.

Jaklin Karvalyu – voleybol bo`yicha Braziliya terma jamoasi tarkibida ikki karra Olimpiada chempioni bo`lgan.

    Boshqa yangiliklar