Samaradagi o`n qavatli turar joy binosida yong`in sodir bo`ldi, deb xabar qildi Kp.ru nashri.
Yong`in shu binoda istiqomat qiluvchi oilaning farzandi maktabdan kelgan payt sodir bo`lgan. Uning ota-onasi hali ishdan qaytishmagan edi. Yong`in sabablari esa noma`lum.
Yong`in butun kvartirani egallay boshlagach, bolakay derazani ochib, sovutkich ustiga chiqib olishga majbur bo`ladi.
Voqea joyiga 11 ta yong`inni o`chirish mashinalari etib keladi.
Eshik buzib kirilgach, qutqaruvchilardan biri shoshilinch ravishda bolakayni xavfsiz erga olib chiqadi. O`sha zahoti bolakay shifoxonaga jo`natiladi.






