1

O`zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda yig`in boshladi

Sport 24.11.2014, 19:22
O`zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda yig`in boshladi

Mirjalol Qosimov bosh murabbiyligidagi O`zbekiston milliy terma jamoasi 24 noyabr kuni Toshkentda o`zining navbatdagi yig`inini boshladi.

29 noyabr kunigacha davom etadigan mazkur o`quv-mashg`ulot yig`iniga milliy terma jamoa bosh murabbiyi jami 23 nafar futbolchini taklif etgan. Terma jamoaning ilk mashg`uloti bugun JAR stadionida soat 16:00da boshlanadi.

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston milliy terma jamoasi o`zining so`nggi yig`inini oktyabr oyida Dubay shahrida o`tkazgan edi. Dubaydagi yig`in davomida Mirjalol Qosimov shogirdlari Qatar (0:3), Bahrayn (0:0) va BAA (4:0) terma jamoalariga qarshi o`rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushishgan.

Ma`lumot o`rnida, Toshkentdagi yig`in yakuniga etgach O`zbekiston milliy terma jamoasi OK-2015 final bosqichiga tayyorgarlikni davom ettirish uchun 1 dekabr kuni BAAning Dubay shahriga uchib ketadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1