AsosiyDunyo

Telefon orqali Saturn suratga olindi (Foto)

'Telefon orqali Saturn suratga olindi (Foto) 'ning rasmi

Samsung smartfoni orqali Saturn sayyorasi fotosuratga olindi, deya xabar berdi Segodnya nashri.

Ushbu kadrlar astronom va fotosuratchi Grant Petersen tomonidan amalga oshirilgan. U fotoapparat o`rniga Samsung Galaxy S8 smartfoni va 8 dyuymli Dobson teleskopini qo`llagan.

Smartfonda olingan fotosuratda Saturnni to`sib qo`ygan bahaybat Oyni ko`rish mumkin. Vaholanki, Saturn Quyosh sistemasidagi Yupiterdan keyin ikkinchi eng katta sayyora hisoblanadi. Gap shundaki, Oy Erdan 384 400 kilometr uzoqlikda, Saturn esa 1,4 mlrd kilometr olislikda joylashgan.

Boshqa yangiliklar