O`zbekiston Mudofaa vazirligi tashabbusi bilan 5 may, yakshanba kuni Toshkent shahri ko`chalari bo`ylab 25 kilometrlik retro avtomobillar va motosikllar marafoni o`tkaziladi.
Avtomarafon 9 may – Xotira va Qadrlash kuni munosabati bilan tashkil qilinadi.
“Retro Uz” klubi bilan hamkorlikda tashkil etiladigan marafon sabab 5 may kuni soat 11.00 dan 13.00 ga qadar Toshkentning ayrim ko`chalarida avtotransport vositalari uchun harakat cheklanadi. Keltiriladigan noqulayliklar uchun oldindan uzr so`raladi.
Avtomarafon soat 11.00 da Qurolli Kuchlar akademiyasining 1-nazorat o`tish joyi (mo`ljal: sobiq Pushkin maydoni)dan boshlanib,Kichik xalqa yo`li orqali “Bunyodkor” va undan keyin “Alisher Navoiy” shoh ko`chalari bo`ylab o`tadi.
Mudofaa vazirligi matbuot xizmati






