AsosiyJamiyat

General Ahmad Burhonov Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining uyida bo`ldi

'General Ahmad Burhonov Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining uyida bo`ldi'ning rasmi

O`zbekiston Prezidentining 2019 yil 23 apreldagi “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag`batlantirish to`g`risida”gi farmoni ijrosini ta`minlash maqsadida Mudofaa vazirligi rahbariyati tomonidan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga Prezident nomidan 7 500 000 so`m miqdoridagi pul mukofoti tantanali ravishda topshirilmoqda.

Kecha, 3 may kuni mudofaa vazirining o`rinbosari – Havo hujumidan mudofaa qo`shinlari va Harbiy havo kuchlari qo`mondoni general-mayor Ahmad Burhonov boshchiligidagi harbiy xizmatchilar Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari – Pavel Materikov va Nikolay Petruninning xonadonida bo`lib, davlatimiz rahbari nomidan ushbu mukofotni o`z egalariga topshirdi.

Bundan tashqari, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi a`zolari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, harbiy xizmatchilar hamda o`quvchilardan iborat guruh harbiy okrestr sadolari ostida qahramonlarimiz istiqomat qiluvchi mahalalarda bo`lib, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari hamda xizmat burchini o`tash vaqtida halok bo`lgan harbiy xizmatchilarning oila a`zolariga esdalik sovg`alarini ulashdi.

Faxriylar ko`ngliga yo`l topish orqali yoshlar qalbida keksa avlodga nisbatan faxru g`urur, hurmat hislari shakllantirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar