Florida shtatining Jeksonvill shahrida Boeing 737 samolyoti daryoga quladi, deb xabar berdi Lenta.ru nashri.
Samolyot bortida 136 nafar yo`lovchi bo`lgan.
Miami Air aviakompaniyasiga tegishli layner AQShdan Kubaga parvozni amalga oshirayotgan payt o`z yo`nalishidan adashgan va daryoga qulagan. Xayriyatki, samolyot sayoz suvga qulagan.
Aviahalokat oqibatida hech kim qurbon bo`lmagan va jabrlanmagan. Yo`lovchilar zudlik bilan damlama kostyumlar orqali quruqlikka olib chiqilgan.






