AsosiyDunyo

Leonardo da Vinchining noma`lum portreti topildi

'Leonardo da Vinchining noma`lum portreti topildi 'ning rasmi

Britaniyaning qirollik kolleksiyasida Leonardo da Vinchining noma`lum portreti topildi, deya xabar qildi The Telegraph nashri.

Mutaxassislarning aytishicha, portret muallifi rassomning shogirdlaridan biri bo`lishi mumkin. Surat Leonardo da Vinchining vafotiga qadar 1519 yilda chizilgani taxmin qilinmoqda.

Aslida, portret bundan 51 yil oldin topilgan edi, ammo o`shanda soqolli kishi tasviriga hech kim e`tibor bermagandi. Da Vinchining vafot etganiga 500 yil to`lishi munosabati bilan o`tkaziladigan ko`rgazmaga tayyorgarlik jarayonida tarixchi Martin Kleyton (Martin Clayton) kartinaga yaxshiroq e`tibor beradi va unda buyuk daho bilan o`xshashlik jihatlarini topadi.

Portret Bukingem saroyida 24 may kuni keng jamoatchilikka namoyish etiladi.

    Boshqa yangiliklar