1

UMS ochilishi oldidan teskari hisobni boshladi

Hi-tech 25.11.2014, 10:53
UMS ochilishi oldidan teskari hisobni boshladi

Universal Mobile Systems (UMS) mobil aloqa operatori sobiq «MTS-O`zbekiston»ning Toshkentdagi bosh ofisi oldida yangi operatorning ochilishiga necha kun qolganini ko`rsatib turuvchi tabloni ishga tushirdi. Bu haqda Facebook’dagi «Obshestvenniy kontrol» guruhi a`zolari xabar bergan.

24 noyabr kuni ushbu tabloda UMS 7 kundan keyin ochilishini anglatuvchi «7» raqami ko`rsatilib turgan. Shuningdek, ums.uz saytida ham xuddi shunday teskari hisob ishga tushgan.

Foto: ums.uz

Avvalroq, ums.uz manzilida «Uyut Mebel Servis» mebel fabrikasi o`rniga Universal Mobile Systems (UMS) mobil aloqa operatorining logotipi paydo bo`lgani xabar berilgan edi.

Eslatib o`tamiz, «MTS-O`zbekiston» o`rniga tashkil qilingan UMS mobil aloqa operatori o`z tijoriy faoliyatini 2014 yil 1 dekabrdan boshlashi ko`zda tutilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1