Kecha, 5 may kuni Toshkent shahri aholisi va mehmonlari poytaxt ko`chalari bo`ylab o`tgan retro-avtomobillar karvonini tomosha qildi.
O`nlab retro avtomobil va motosikllar, yuzlab mahalliy avtotransport vositalari O`zbekiston bayroqlarini ko`tarib, harbiy okrestr sadolari ostida 25 kilometrlik masofani bosib o`tdi. O`zbekiston Mudofaa vazirligi hamda“Retro Uz”klubi bilan hamkorlikda 9 may – Xotira va Qadrlash kuniga bag`ishlab o`tkazilgan mazkur aksiya ishtirokchilarda olam taassurot qoldirdi.
Avtokarvon Qurolli Kuchlar akademiyasining markaziy darvozasi oldidan boshlanib, Toshkent Kichik xalqa yo`li hamda Bunyodkor va Alisher Navoiy ko`chalari bo`ylab o`tdi.
Unda Qurolli Kuchlar akademiyasi harbiy xizmatchilari shaxsiy avtomobillarda ham ishtirok etdi.
Mudofaa vazirligi matbuot xizmati