AsosiyJamiyat

Xotira va qadrlash kuni poytaxtimizda bayramona mushakbozlik o`tkaziladi

'Xotira va qadrlash kuni poytaxtimizda bayramona mushakbozlik o`tkaziladi'ning rasmi

9 may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Toshkentda bayramona mushakbozlik o`tkazilishi rejalashtirilgan.

Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati bergan xabarga ko`ra, poytaxtimiz osmoni uzra feyrverk soat 21:00da yog`du sochadi.

Ushbu shou urush qatnashchilari va faxriylarning yurt tinchligi va ozodligi yo`lida qilgan ulug` xizmatini sharaflash maqsadida tashkil etilmoqda.

“Bu bilan yoshlar ongiga 9 may – Xotira va qadrlash kunining ahamiyatini singdirish, g`alabaga o`z hissasini qo`shgan, vatanimiz mustaqilligi uchun jonini, kuch-quvvatini ayamagan har bir faxriy, har bir kishi xotirasi abadiylashtirilishi, ularga munosib hurmat-ehtirom ko`rsatilishini tushuntirish va targ`ib etish ko`zda tutilgan“, deyiladi hokimlik xabarida.

Shuningdek, hokimlik “bugungi tinch va osoyishta kunlar uchun jonini fido qilgan ajdodlarimizning muqaddas xotirasini yod etib, ezgu ishlarini davom ettirish – bizga tinchlik, omonlik kerak, deb yashaydigan bag`rikeng xalqimizga xos azaliy qadriyatdir“, deya ta`kidlab o`tgan.

    Boshqa yangiliklar