AsosiyJamiyat

Mingbuloq konida neft qazib olindi

'Mingbuloq konida neft qazib olindi'ning rasmi

Namangan viloyatidagi Mingbuloq neft konini o`zlashtirish bo`yicha investisiya loyihasiga asosan sinov tariqasida birinchi neft qazib olindi. Bu haqda Energetika vazirligining telegram kanalida xabar qilingan.

Loyihani amalga oshiruvchi mas`uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi "Mingbuloqneft" qo`shma korxonasi "O`zbekneftgaz" aksiyadorlik jamiyati va Xitoy milliy neft-gaz korporasiyasi - “CNPC” tomonidan tashkil etilgan.

Loyiha O`zbekiston va Xitoy Xalq Respublikasi o`rtasida energetika sohasi bo`yicha hamkorlikda amalga oshirilayotgan eng yirik loyihalardan biri bo`lib, u "Bir makon – bir yo`l" tarixiy strategiyasi doirasida amalga oshirilmoqda.

Ekspertlarning fikricha, Mingbuloq koni bir necha sabablarga ko`ra murakkab loyiha sanaladi. Konni o`zlashtirish: katta chuqurlik (6000 m va undan yuqori); yuqori rezervuar bosim (115 MPa dan ortiq) va rezervuar harorat (168 ° S dan ortiq) va kabi omillarga shular jumlasidandir.

Ma`lumot o`rnida, Xitoyning Tarim havzasidagi bunday konlarni o`zlashtirishda “SNPC” neft kompaniyasi katta tajriba orttirgan.


    Boshqa yangiliklar