Gavayida turist vulqon krateriga tushib ketdi, deya xabar berdi Day.Az nashri.
32 yoshli turist Kilauea vulqonining qoyatoshini ko`rish uchun to`siqdan oshib o`tadi. Ammo shu dam u pastga qulaydi.
Qutqaruvchilar va o`t o`chiruvchilar jabrlanuvchini to`qqiz soat qidirishgan va nihoyat uni vulqon qoyasining turtib chiqqan joyidan topishgan.
Jabrlanuvchi qattiq jarohat olgan, ammo hozirda uning ahvoli birmuncha yaxshi.






