Bojxonachilar xorijiy valyutalarning yurtimizdan noqonuniy yo`llar bilan olib chiqilishiga qarshi samarli choralar ko`rishmoqda.
Xususan, Toshkent viloyati bojxona “G`ishtko`prik” chegara bojxona posti orqali harakatlangan fuqaroA.U belgilangan tartibda bojxona ko`rigidan o`tkazildi.
Natijada, uning qo`l sumkasi va sport oyoq kiyimi ichida yo`lovchi bojxona deklarasiyasida ko`rsatilmagan hamda og`zaki so`rovda taqdim etilmagan, umumiy qiymati 71 million so`mlik xorijiy valyutalar yashirilganligi va uni O`zbekistondan qo`shni davlatga yashirincha olib o`tmoqchi bo`lganligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari olib borilmoqda.






