Bojxonachilar zargarlik buyumlarining noqonuniy aylanmasiga o`z vaqtida chek qo`yishmoqda. Bu haqda Bojxona qo`mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Yaqinda, Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo`limi xodimlari huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar bilan hamkorlikda Shovot tumanida tezkor tadbir o`tkazishdi.
Unda fuqaro J.M. shartli xaridor kumushdan yasalgan taqinchoqlarni noqonuniy tarzda sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo`lga olindi.
Shuningdek, fuqaro J.M. ning yonidan tegishli hujjatlari bo`lmagan qiymati 14,7 million so`mlik 818,05 gramm jami 222 dona kumushdan yasalgan taqinchoqlar borligi aniqlandi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.






