AsosiyJamiyat

Samarqandda marhum harbiy xizmatchi oilasi holidan xabar olindi

'Samarqandda marhum harbiy xizmatchi oilasi holidan xabar olindi'ning rasmi

Samarqand viloyatida 9 may – Xotira va qadrlash kuni arafasida xizmat burchini bajarish chog`ida halok bo`lgan harbiy xizmatchilar jasorati yod etilib, ularning oila a`zolariga moddiy-ma`naviy yordam ko`rsatilmoqda.

Samarqand shahrida bo`lib o`tgan ana shunday tadbirlardan birida Markaziy harbiy okrug qo`shinlari qo`mondonining birinchi o`rinbosari K. Achilov, Pastdarg`om tumani mudofaa ishlari bo`limi vakillari, Samarqand shahrida joylashgan harbiy qismning targ`ibot guruhi a`zolari va o`quvchi-yoshlar marhum harbiy xizmatchi Lochinbek Hayitovning oilasi – Nafosat Yusupova xonadonida bo`ldi.

Uchrashuv davomida Lochinbek Hayitovning yuksak fazilatlari, harbiy xizmat davridagi shijoati va mardligi yodga olindi.

Marhum Lochinbek Hayitov 2014 yilda xizmat vazifalarini bajarish vaqtida halok bo`lgan edi. Tadbirda Lochinbek Hayitov oilasiga O`zbekiston Mudofaa vazirligi tomonidan ajratilgan pul mukofoti va sovg`a-salomlar topshirildi.

Shimoli-g`arbiy harbiy okrug qo`shinlari qo`mondoni polkovnik Dilshod Choriev boshchiligidagi bir guruh harbiy xizmatchilar esa o`z xizmat majburiyatlarini bajarish vaqtida tan jarohati olgan nafaqadagi Qurolli Kuchlar harbiylarini yo`qlab bordi.

Ularning Vatan tinchligi yo`lida qilgan xizmatlari hech qachon unutilmasligi, doim e`tibor va e`zozda bo`lishi ta`kidlanib, bayram sovg`alari ulashildi.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

    Boshqa yangiliklar