Shimoliy-g`arbiy harbiy okrug jamoasi Xalqaro “Kombat” assosiasiyasi tomonidan Samarqand shahrida “Kombat aykido” sport turi bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga bag`ishlab o`tkazilgan O`zbekiston ochiq turnirida birinchilikni egalladi.
Musobaqa to`rtta — “Nokdaun (B)”, “Full kontakt (A)”, “Kurash” hamda “Professional” yo`nalishlari bo`yicha o`tkazildi.
“Nokdaun (B)” yo`nalishi bo`yicha 1-o`rin shartnoma asosidagi oddiy askar Isroiljon Mamajonovga nasib etgan bo`lsa, “Professional” yo`nalishda shartnoma bo`yicha harbiy xizmatchi oddiy askar Elyorbek Mirkomilovga bas keladigani topilmadi. Elyorbek faxrli 1-o`rinni egallab, chempionlik kamari sohibi bo`ldi.

Yakuniy natijalarga ko`ra katta leytenant Rustamjon Bobojonov rahbarlik qilayotgan ShG`HO sport vzvodi umumjamoa hisobida faxrli 1-o`rinni egalladi.
G`olib ishtirokchilar munosib kutib olinib, Nukus garnizoni Ma`naviyat va ma`rifat markazida qo`mondonlik tomonidan taqdirlandi.
Mudofaa vazirligi matbuot xizmati






