AsosiyJamiyat

​Turizmni rivojlantirish qo`mitasi tomonidan qirg`izistonlik OAV vakillari uchun infotur tashkil etildi

'​Turizmni rivojlantirish qo`mitasi tomonidan qirg`izistonlik OAV vakillari uchun infotur tashkil etildi'ning rasmi

O`zbek-qirg`iz halqi o`rtasida azaldan yaxshi qo`shnichilik, birdamlik, mehr-oqibat rishtalari mustahkamlangan. Buni xalqaro tahlilchilar ham e`tirof etishmoqda. So`nggi yillarda ikki davlat o`rtasidagi hamfikrlik, mushtarak munosabatlar barcha sohalar, jumladan, turizm yo`nalishidagi aloqalarning izchil rivojlanishiga xizmat qilmoqda.

Bugungi kunda mamlakatimizda sayyohlar e`tiborini nafaqat qadimiy Ipak yo`li joylashgan shaharlar, balki tabiiy iqlimi, boy tarixiy merosi, o`ziga xos udumlari, turfa an`analari bilan ajralib turuvchi go`zal va so`lim Farg`ona vodiysi shaharlari ham tortmoqda.

Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi tashabbusi bilan Qirg`iziston madaniyat, axborot va turizm vazirligi, O`sh viloyatining bir necha tumanlari hokimliklari, turoperatorlik firmalari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida Andijon viloyatiga info tur tashkil etildi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bugungi kunda hududda 370 dan ziyod madaniy meros ob`ektlari mavjud bo`lib, “Jom`e” va “Ahmadbek hoji mehmonxonasi” majmualari, “Qutayiba ibn Muslim”, “Shirmonbuloq”, “Imom ota” ziyoratgohlari. “Mingtepa” yodgorligi, “Xontoq” va “Fozilmon ota” dam olish maskanlarining dong`i dunyoga ketgan. Bu erga juda ko`plab xorijiy davlatlardan mutaxassislar tashrif buyurib, izlanishlar olib borishmoqda. Infotur davomida delegasiya vakillari shunday muqaddas qadamjolarni ziyorat qilish barobarida, o`zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

O`zbekistonning har bir maskani o`ziga torta oladi. Andijonning naqshinkor minoralari, bir necha ming yillik tarixga ega muzeyi, arxeologik manzillari bizda katta qiziqish uyg`otdi, deydi "Osh" telekanali muxbiri. - Biz "Osh" va "Intmak" telekanallarivakillari, albatta, bu mo``jizakor viloyatning o`ziga xosligini o`z ijodiy ishlarimizda namoyon etamiz.

Qayd etish kerakki, hozirgi kunda Andijonda sayyohlik ob`ektlarini rekonstruksiya qilish va obodonlashtirish, xizmat ko`rsatish sifatini oshirish, turizm va sayyohlik infratuzilmasini rivojlantirish borasidagi ishlar ko`lami kun sayin ortmoqda.

Infotur yakunida qirg`izistonlik vakillari tashkil etilgan uchrashuv uchun minnatdorlik bildirdi.


    Boshqa yangiliklar