Ayni kunlarda Amerika qo`shma shtatlarining Nyu-York shahrida BMTning O`rmonchilik bo`yicha forumining 14-sessiyasi bo`lib o`tmokda. BMT ning Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengashi tomonidan "O`rmonlar býyicha 2030-yilga qadar mýljallangan strategik rejasining ýrmonlarga oid global maqsadlari va vazifalari" mavzusidatashkillashtirilgan mazkur forumda O`zbekiston Respublikasi O`rmon xo`jaligi davlat qo`mitasi delegasiyasi ham faol ishtirok etmoqda. Sessiya kun tartibidan so`ngi yillarda O`zbekistonning dunyo o`rmonlarini kengayishiga qo`shayotgan hissasi, jumladan qumli cho`llarni o`rmonzorlarga aylantirish bo`yicha tajribasi namoyish etilmoqda.
Sessiyaning birinchi ish kuni davomida BMTning o`rmonlar bo`yicha2017-2030-yillargaoid strategik rejasini amalgao shishi bo`yicha hisobot jumladan, a`zo davlatlarning ixtiyoriy qo`shayotgan hissasi bo`yicha hisobotlari tinglandi. O`zbekiston delegasiyasi o`tgan va joriy yilda mamlakatda o`rmonlashtirish ishlarining jadallashganligini, xususan, Orol dengizning qurigan tubida 461 ming gektar o`rmonzorlar tashkil etish uchun urug`dan ekish ishlari boshab yuborilganligi hamda bu kabi ishlarni kelajakda ham davom ettirish bo`yicha dastur qabul qilinganligini bildirib o`tdi. Shuningdek, o`rmonlarni barqaror boshqarish bo`yicha mezon va ko`rsatkich (kriteriya va indikator)lar ishlab chiqilganligini ma`lum qildi. Shuningdek, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan butun xalqimiz ushbu tadbirlarni amalga oshirishda qo`llab quvvatlayotgani ta`kidlab o`tildi. Shu bilan birga BMtning Cho`llanishga qarshi kurashish konvensiyasi talablarini bajarish bo`yicha muvofiqlashtiruvchi organ sifatida O`rmon xo`jaligi davlat qo`mitasi tayinlanganligi ishtirokchilar tomonidan iliq kutib olindi.
Shuningdek sesiya kun tartibida o`rmonlarbo`yichaglobalko`rsatkichlarniishlabchiqishjarayonini rivojlantirish ko`zda tutilgan.
Sessiya davomida xalqaro ekspert va mutaxassislar tomonidan mazkur ishlarni amalgaoshirishda zarur bo`ladigan muhim vositalar, jumladan mavjud resurslarni mobilizasiya qilish (yo`naltirish) ishlarini takomillashtirish bo`yicha muhokama hamda o`rmonlardan mahalliy aholining foydalanishini kengaytirish orqali ularning qo`shimcha daromadlarini oshirish va yangi ish o`rinlari yaratish bo`yicha muhokamalar bo`lib o`tishi ko`zda tutilgan.
O`rmonlarbo`yichaglobalsiyosattizimimuvofiqliginimustahkamlashvatuganmaso`rmonmanbalaridanfoydalanishkonsepsiyasinixalqarodarajadayakdiltushunishlarinita`minlash bo`yicha olib borilishi kerak bo`lgan muhim masalalar yuzasidan fikr almashinadi.
Shuningdek forum davomida 2017-2020-yillardavomidastrategikrejavato`rtyillikishdasturiningamalga oshishiniqo`llab-quvvatlash va o`rmonlarbo`yichaqo`shmahamkorlikfaoliyatiniamalgaoshirish, BMTningiqlimo`zgarishibo`yichakonvensiyaishtirokchilaritomonidanParijkelishuviniamalgaoshirish, biologikxilma-xillikto`g`risidagiKonvensiyaningbiologikxilma-xilliksohasidamavjudbo`lganvazifalarnibelgilab olish va uni amalga oshirish, mintaqaviyhamdasubmintaqaviyhamkorlarvaboshqamanfaatdortomonlarni aniqlab olish, kommunikasionvaaxborot-ma`rifiyfaoliyatni keng yo`lga qo`yishga oid dolzarb masalalarga echim topish nazarda tutilgan.
Sessiyaning ikkinchi ish kunida sessiyadan tashqari tadbirlar doirasida O`zbekiston o`rmonlari holati bo`yicha prezentasiya bo`lib o`tishi rejalashtirilgan.
9-may kuni delegasiya a`zolari Vashington shahridagi O`zbekiston Respublikasining elchixonasi ko`magida donor tashkilotlar uchun maxsus prezentasiya qilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, delegasiya a`zolari AQSh O`rmon xizmati bilan 2019 yil bo`yicha hamkorlikdagi tadbirlarni amalga oshirish bo`yicha Yo`l xaritasini tasdiqlashni ko`zda tutgan.
Dilshod FAYZ






