2-6 may kunlari Boku shahrida Ozarbayjonning birinchi prezidenti Haydar Aliev xotirasiga bag`ishlab yakkakurashning “K-1” va MMA yo`nalishlari bo`yicha xalqaro turnir bo`lib o`tdi.
Unda Turkiya, Pokiston, Eron, Ozarbayjon, Gruziya, Iroq va O`zbekistondan borgan 200 dan ortiq sportchilar ishtirok etib, o`z mamlakati sharafini himoya qildi.
Mazkur musobaqada O`zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasining 5 nafar xarbiy hizmatchisi O`zbekiston terma jamoasi tarkibida ishtirok etib, 2 ta oltin va 2 ta kumush medalni qo`lga kiritdi. Ta`kidlash joizki, mamlkatimiz terma jamoasi mazkur nufuzli musobaqada jami 9 ta: 3 ta oltin hamda ikkitadan kumush va bronza medallari bilan taqdirlandi.
“K-1” yo`nalishida Akademiyaning 3-bosqich kursanti Ilhomjon Xudoyberdiev 80 kg vazn toifasida oltin medalni qo`lga kiritgan bo`lsa, kursant Sirojiddin Oqqulov 85 kg vazn toifasida 2-o`rinni egalladi.
MMA yo`nalishida esa Qurolli Kuchlar akademiyasi sport yo`riqchisi, shartnoma bo`yicha harbiy xizmatchi oddiy askar Ataulla Oxunbabaev 90 kg vazn toifasida g`alaba qozonib, oltin medalga ega chiqdi. Akademiyaning yana bir sport yo`riqchisi, kichik serjant Nodir Jaynarov 65 kg vazn toifasida kumush medal sohibiga aylandi.
Mudofaa vazirligi matbuot xizmati






