Bugun, 9 may kuni Toshkent shahrida Ikkinchi jahon urushi qahramoni, o`zbek generali Sobir Rahimov haykali poyiga gulchambar qo`yish marosimi bo`lib o`tdi.
Tadbirda Toshkent harbiy okrugi qo`shinlari qo`mondonligi, Qurolli Kuchlar akademiyasi, Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikasiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti shaxsiy tarkibi, keng jaomatchilik va o`quvchi yoshlar ishtirok etdi.
Ikkinchi jahon urushida shon-sharafga chulg`angan, o`ndan ortiq jangovar orden va medallar bilan taqdirlangan o`zbek o`g`loni, qahramon general Sobir Rahimovning ko`rsatgan jasorati va mardligi tadbir ishtirokchilari qalbida vatanparvarlik tuyg`usini yanada oshirdi.
Mudofaa vazirligi matbuot xizmati