AsosiyJamiyat

Fotoreportaj: Farg`onada 9 may bayrami keng nishonlandi

'Fotoreportaj: Farg`onada 9 may bayrami keng nishonlandi'ning rasmi

Bugun, 9 may kuni Farg`ona shahri markazida joylashgan Xotira xiyobonida bayram tadbiri bo`lib o`tdi. Erta tongda boshlangan bayram avvalida Ikkinchi jahon urushi yillardagi va zamonaviy harbiy texnikalar ishtirokida harbiy parad o`tkazildi.

Unda Sharqiy harbiy okrugi qo`shinlari qo`mondoni polkovnik Lutfullo Buzrukov, Farg`ona viloyati hokimligi vakillari, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, Qurolli Kuchlar faxriylari, harbiy xizmatchilar va viloyat yoshlari ishtirok etdi.

Tadbir davomida Lutfullo Buzrukov Marg`ilon va Farg`ona shahridagi Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari bilan uchrashib, ularni fashizm ustidan qozonilgan g`alabaga 74 yil to`lgani munosabati bilan qutladi. Prezident va qo`mondonlik nomidan sovg`a-salomlar ulashdi.

Viloyat yoshlari tomonidan urush davriga oid va real vaziyatga o`xshatilgan sahna ko`rinishlari esa ko`pchilikning qalbini larzaga keltirdi.

Shundan so`ng, 2000 yilda Surxondaryoning Sariosiyo tumanida sodir bo`lgan jangovar harakatlarda mardlarcha halok bo`lgan serjant Dilshod Asanovning oilasi holidan xabar olindi.

Yurtimiz tinchligi yo`lida qahramonlarcha halok bo`lgan harbiylarimiz hech qachon xotiramizdan o`chmasligi, ularni mangu yodda saqlashimiz ta`kidlandi.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Boshqa yangiliklar