Braziliyalik fotograf Sebastyan Salgadu va uning rafiqasi Leliya inson o`zining tevarak-atrofini butkul o`zgartirishi mumkinligini isbotladi, deya xabar bermoqda Layf nashri.
20 yil avval er-xotin qup-quruq tepaliklarda yashashardi, endi esa ularning uyi atrofi gir aylana o`rmon.
90-yillarda Sebastyan va Leliyaga Aymoresh shahridan rancho meros bo`lib qoladi. Ushbu hudud bir asr davomida yog`och kesilishi, temir rudasi qazib olinishi, qolaversa, kuchli qurg`oqchilik va tuproq emirilishi oqibatida ship-shiydam tekislikka aylanadi.
Er-xotin tropik o`rmonni qayta tiklashga ahd qilishadi.
Shunday qilib, asta-sekin er-xotin yiliga kam miqdorda bo`lsa-da, daraxt o`tqaza boshlaydi. Qarabsizki, ular 20 yil davomida 2 milliondan ortiq daraxt parvarishlashadi. Natijada esa tropik o`rmon ilgarigidan ham yanada gullab-yashnaydi.
Endilikda bu erga turli jonivorlar ham olib kelinmoqda.