Kamchatkada ayiq haydovchilarning ovqat to`la konteynerini olib qochdi, deya xabar bermoqda “Kamchatskiy reportyor” nashri.
Yirtqich ayiq avtomobil va odamlardan qo`rqib ham o`tirmadi, “o`lja”sini oldi-da, o`rmonga qarab ura qochdi. U hatto havoga otilgan o`q ovoziga ham e`tibor qilmadi.
Ta`kidlanishicha, qishki uyqudan uyg`ongan ayiqlar ko`pincha yo`l bo`yiga va aholi punktlariga chiqishar ekan.






