Olimlar maktab o`quvchilari murakkab fanlarni, masalan, matematika va fizikani o`zlashtirishda musiqa anchayin qo`l kelishini ta`kidlashmoqda, deya xabar berdi Actualnews.org nashri.
Shuningdek, surat chizish, raqs harakatlari ham fanlarni o`rganishda foyda berishi aytib o`tilmoqda.
Maktab o`quvchilari aniq fanlardan ko`p hollarda charchab qolishadi. Yuqoridagi vositalar esa ularga ko`mak beradi.
Ushbu yangi yo`nalish alohida ta`lim sohasi sifatida ko`zda tutilishi kutilmoqda. Mutaxassislar aniq fanlar va san`at o`rtasidagi to`siqlarni ortiq ushlab turmaslik kerakligini ma`lum qilishdi.






