Fast-fudlarning yangi zarari topildi, deb xabar qilmoqda Day.Az nashri.
Fast-fudlarni tez-tez iste`mol qilish kishida depressiya rivojlanishiga sabab bo`ladi, deya xulosa qilmoqda Glazgo universtiteti olimlari.
Fast-fudlar tarkibidagi yog`li kislotalar miyaning hissiyotlarga javob beradigan qismiga tushib qolar ekan. Oqibatda esa ushbu omil odamda depressiya alomatlariga sabab bo`ladi.
Fast-fudning ushbu zarari semirib ketish bilan tenglashtirilmoqda.






