AsosiySport

G`iyosovning dubli "Bunyodkor"ni yana 3-o`ringa olib chiqdi

'G`iyosovning dubli "Bunyodkor"ni yana 3-o`ringa olib chiqdi'ning rasmi

Bugun mamlakatimizning uchta stadionida 8-tur o`yinlari davom ettirildi. Yakshanbaga belgilangan o`yinlarni TTYMI stadioni mezbonlik qilgan "Bunyodkor" va "Qo`qon-1912" jamoalari o`rtasidagi uchrashuvi boshlab berdi.

O`yin mezbonlarning keskin hujumlari bilan boshlandi va bu tezda o`z samarasini berdi. 12-daqiqada "qaldirg`ochlar"ning yosh va umidli futbolchisi Jasur Jaloliddinov raqib jarima maydoni ichida yiqitildi. Vaziyatga yaqin turgan uchrashuv bosh hakami "Qo`qon-1912" darvozasiga penalti belgiladi. Uni Xurshid G`iyosov aniq bajarib hisobni ochdi - 1:0. Bu Xurshidning mavsumdagi beshinchi goli edi.

Shundan keyin ham maydon egalari tashabbusni o`z qo`lida ushlab turdi va raqib darvozasiga tinmay tahdid solib turdi.

49-daqiqada esa "Bunyodkor" hujumchisi Mirjahon Mirahmadov yaqin masofadan darvozani ishg`ol etolmadi. Mehmonlar esa kam sonli hujumlaridan birini muvaffaqiyatli yakunladi.

    Boshqa yangiliklar