15-19 may kunlari Buyuk Britaniyaning Manchester shahrida taekvondo bo`yicha kattalar o`rtasida navbatdagi jahon chempionati bo`lib o`tadi. Tokio Olimpiadasiga qimmatli eng yirik reyting ochkolarini taqdim etuvchi mazkur musobaqa butun sport jamoatchiligining e`tiborida bo`lishi tabiiy.
Ushbu jahon chempionatiga O`zbekiston terma jamoasi a`zolari ham puxta tayyorgarlik ko`rishdi. Bugun O`zbekiston Milliy Olimpiya qo`mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov O`zbekiston taekvondo assosiasiyasida musobaqada ishtirok etuvchi sportchi va murabbiylarimiz bilan uchrashuv o`tkazdi.
Unda O`zbekiston taekvondo assosiasiyasi rahbariyati, sportchilar va murabbiylar, O`zbekiston MOQ mutasaddilari ishtirok etishdi.