Hozirgina Italiya A Seriyasi 36-turidan o`rin olgan "Roma" hamda "Yuventus" jamoalari o`rtasidagi o`yin o`z nihoyasiga etdi.
Rim shahridagi "Olimpiko" stadionida kechgan uchrashuvda mezbonlar 2:0 hisobidagi ishonchli g`alabani qo`lga kiritishdi. Gollarga Alessandro Florensi va Edin Jekolar mualliflik qilishdi.
Shu tariqa muddatidan oldin chempionlikni hal qilgan turinliklar hisobidagi ochkolar soni 89 taligicha qoldi. "Bo`rilar" esa 62 ochko bilan 6-pog`onaga ko`tarilib olishdi.