Indoneziyada 30 dan ortiq mahbuslar qamoqxonadan qochishdi, deb xabar berdi RIA Novosti nashri.
Sumatra orolidagi Siak-Sri-Indrapura (Siak Sri Indrapura) shahrida joylashgan qamoqxonadan kamida 34 mahbus qochgan.
Ma`lum bo`lishicha, qamoqxonada isyon ko`tarilib, tartibsizliklar boshlangan. Mahbuslar turma binosini yoqib, toshlar otishgan. Paytdan foydalanganlar esa qochishga ulgurgan.





