1

Kelishilgan o`yin haqida anonim xabar berish mumkin

Sport 26.11.2014, 13:45
Kelishilgan o`yin haqida anonim xabar berish mumkin

Evropa futbol assosiasiyalari ittifoqi (UEFA) kelishiladigan matchlarga qarshi kurashish maqsadida 7 ta tilda mobil ilova yaratdi. Bu haqida mazkur tashkilot matbuot xizmati xabar bergan.

Yangi ilova yordamida oldindan kelishiladigan o`yinlar, shuningdek korrupsiya bilan bog`liq holatlar haqida ma`lum qilish mumkin. Ilovada UEFA murojaatga javob yo`llash uchun elektron pochta manzilini kiritishi imkoniyati mavjud.

Bundan tashqari, UEFA bepul telefon nomerni ham joriy qildi. Unga kelishiladigan matchlar bo`yicha u yoki bu axborotga ega bo`lgan kishi anonim sharoitda qo`ng`iroq qilishi mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1