AsosiyDunyo

AQShda neft tankeri 2 ta barja bilan to`qnashib ketdi

'AQShda neft tankeri 2 ta barja bilan to`qnashib ketdi'ning rasmi

AQShning Texas shtatida yuk tashish kanalida neft tankeri 2 ta barja bilan to`qnashib ketdi, deb xabar bermoqda Vesti nashri.

Voqea tufayli bir tonnadan ortiq neft suvga to`kilgan. To`qnashuv vaqtida barjalardan birida ham toksik va tez yonuvchan kimyoviy modda bo`lgani, hodisadan so`ng u ham suvga oqqani xabar qilinmoqda. Hozirda atrof-muxitni ifloslanish darajasi aniqlanmoqda. Qurbonlar va jabrlanganlar to`g`risida ma`lumotlar yo`q.

    Boshqa yangiliklar