AsosiyDunyo

Pokistonda 30 nafar Xitoy fuqarosi qo`lga olindi (Video)

'Pokistonda 30 nafar Xitoy fuqarosi qo`lga olindi (Video) 'ning rasmi

Pokistonda ayollar savdosida gumon qilinib, 30 nafar Xitoy fuqarosi qo`lga olindi, deb xabar berdi NTV.ru nashri.

Dastlabki tergov natijalariga ko`ra, jinoiy to`da pokistonlik yosh qizlarni xitoylik yigitlar bilan turmush qurishini ta`minlagan. To`ydan so`ng ularni Xitoyga olib borib, fohishalikka majburlash kabi jinoyat bilan shug`ullanib kelgan. Hozirga qadar 100 dan ortiq aldov qurboniga aylangan qizlar aniqlandi. Ularning aksariyati kambag`al oilalardandir.Ushbu guruh o`z faoliyatini Osiyoning yana boshqa mamlakatlarida ham davom ettirishni rejalashtirayotgani ma`lum bo`ldi. O`tkazilgan tezkor operasiya vaqtida yana 6 ta holatning oldi olindi.

Tergov ishlari davom etmoqda.


Boshqa yangiliklar