Turkiyada Markaziy Saylov kommisiyasi tomonidan shahar meri lavozimiga bo`lib o`tgan saylov natijasi bekor qilingach, norozilik namoyishlari boshlandi, deya xabar berdi RIA Novosti nashri.
Ayni vaqtda minglab odamlar Istanbul ko`chalariga chiqib, bu holatdan norozi ekanlarini bildirishmoqda. Ularning aksariyati g`oliblikni qo`lga kiritgan muxolifat nomzod tarafdorlaridir. Shahar meri lavozimiga qayta saylovlar joriy yilning 23 iyun kuni bo`lib o`tadi.