Bugun Buyuk Britaniyaning Manchester shahrida taekvondo bo`yicha jahon chempionati bahslari boshlanadi. Bugungi kun dasturida erkaklar o`rtasida -58 kg, ayollar o`rtasida -46 va -73 kg vazn toifalarida bellashuvlar o`tkaziladi.
Terma jamoamiz vakillaridan Suhrob Bobobekov birinchi bo`lib musobaqani boshlab beradi. -58 kg vazn toifasida jang qiladigan taekvondochimiz bugun dastlabki davrada estoniyalik Aleksandr Galaktionovga qarshi bahs olib boradi.