1

OChL va OFK kubogiga 11 dekabr kuni qur`a tashlanadi

Sport 26.11.2014, 18:06
OChL va OFK kubogiga 11 dekabr kuni qur`a tashlanadi

Osiyo chempionlar ligasi va OFK kubogi musobaqalarining 2015-yilgi mavsumi uchun qur`a tashlash marosimi 11 dekabr kuni bo`lib o`tadi.

Dastlab, Malayziya vaqt bilan soat 15:00da OFK kubogiga qur`a tashlansa, 16:00da OChLning saralash va guruh bosqichiga qur`a tashlash marosimi o`tkaziladi. Har ikkala marosim Kuala Lumpurdagi Petaling Jaya Hilton Hotel mehmonxonasida tashkil etiladi.

Xabaringiz bor, O`zbekistondan "Paxtakor" va "Lokomotiv" OChLning guruh, "Nasaf" va "Bunyodkor" saralash bosqichidan o`z ishtiroklarini boshlashi kutilmoqda.

Manba: www.stadion.uz.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1