AsosiyJamiyat

Qurolli Kuchlar kuch tuzilmalari o`rtasida kurash chempionati o`tkazildi (Foto)

'Qurolli Kuchlar kuch tuzilmalari o`rtasida kurash chempionati o`tkazildi (Foto)'ning rasmi

13—15 may kunlari Mudofaa vazirligi sport klubida O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari kuch tuzilmalarining harbiy xizmatchilari o`rtasida kurash bo`yicha chempionat bo`lib o`tdi.

Mazkur chempionatda Mudofaa, Ichki ishlar vazirliklari, Davlat xavfsizlik xizmati va Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari ettita — 60 kg, 66 kg, 73 kg, 81 kg, 90 kg, 100 kg hamda 100 kilogrammdan ortiq vazn toifasida o`zaro kuch sinashdi.

Murosasiz kechgan kurashlar hakamlar hay`ati tomonidan baholab borildi.

Yakuniy natijalarga ko`ra, Mudofaa vazirligi harbiy sportchilariga 60 kg hamda 90 kg vazn toifasida bas keladigan raqib topilmadi. Rahmon Jumaev hamda Davlat Bobonov o`z vazn toifasida birinchilikni qo`lga kiritdi.

Umumjamoa hisobida esa, birinchilik Ichki ishlar vazirligi jamoasiga nasib etdi. Mudofaa vazirligi jamoasi — 2-o`rinni egalladi. Shohsupaning uchinchi pog`onasidan Davlat xavfsizlik xizmati terma jamoasi o`rin oldi.

Musobaqa g`oliblari faxriy yorliq va qimmatbaho sovg`alar bilan taqdirlandi.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Boshqa yangiliklar